Superplastifikatorning yangi avlodi polikarboksilat-efir polimerlari asosida tayyorlangan bo‘lib, sovuq ob-havoda, yuqori sifatli, past suv-sement nisbatli va a’lo ish xususiyatlariga ega tayyor beton ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan.
Material tavsifi:
BETON STRONG – polikarboksilat-efir polimerlari asosida ishlab chiqilgan yangi avlod superplastifikatori bo‘lib, beton aralashmasining xususiyatlarini to‘liq nazorat qilish konsepsiyasiga tayangan holda yaratilgan. Tayyor beton ishlab chiqarish uchun maxsus yaratilgan qo‘shimcha. Maxsus tarkib suvning tsement zarralariga singishini kechiktirishga va ularni aralashma bo‘ylab bir tekisda taqsimlashga imkon beradi. Qo‘shimcha yuqori sifatli beton aralashmalarini olish, erta va yakuniy mustahkamlikning tezroq ortishini ta’minlash, ishchi xususiyatlarning amal qilish muddatini uzaytirish imkonini beradi hamda sovuq ob-havo sharoitida beton quyishda ham qotish vaqtining kechikishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
Qo'llash doirasi:
BETON STRONG sovuq iqlim sharoitlarida yuqori sifatli tayyor beton aralashmalarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Xususiyatlari va afzalliklari:
BETON STRONG tayyor beton aralashmalarini ishlab chiqarishda quyidagilarni ta’minlaydi:
Sovuq ob-havo sharoitida beton quyish jarayonlarida qurilish maydonchalariga yuqori ish xususiyatlariga ega beton yetkazib berish imkoniyati;
Ish xususiyatlarini yo‘qotmagan holda past suv-sement nisbatiga ega beton ishlab chiqarish;
Beton aralashmalarini ishlab chiqarish uchun yagona materialdan foydalanish;
Sovuq ob-havo sharoitida beton yotqizish jarayonini soddalashtirish va mustahkamlikning tezroq ortishi;
Beton sirtlarining tashqi ko‘rinishini yaxshilash;
BSCga (бетон stansiyasi) kelib tushgan buyurtma va texnik spetsifikatsiyada ko‘rsatilgan xususiyatlarga to‘liq mos keluvchi ishchi xususiyatlarga ega betonni yotqizish kafolati.
Texnik ko‘rsatkichlar:
Rangi:
Jigarrang
Konsistensiyasi:
Suyuq
Zichligi::
1,10 ± 0,02 g/sm³
Xlor ionlari miqdori:
< 0,01%
Material sarfi:
BETON STRONG qo‘shimchasining tavsiya etilgan sarfi atrof-muhit haroratiga bog‘liq:
–5°С gacha – 100 kg tsementga 1 kg qo‘shimcha;
–10°С gacha – 2 kg qo‘shimcha;
–15°С gacha – 3 kg qo‘shimcha.
Yuqorida keltirilgan dozalar laboratoriya sinovlaridan so‘ng tajriba yo‘li bilan o‘zgartirilishi mumkin.
BETON STRONG – ishlatishga tayyor qo‘shimcha bo‘lib, beton aralashmasiga alohida komponent sifatida kiritiladi. Eng yaxshi natija qo‘shimcha aralashmaga suvning 50–70% qismi qo‘shilgandan so‘ng, ya’ni aralashmadagi barcha qattiq materiallar namlangandan keyin kiritilganda olinadi. Qo‘shimchani quruq to‘ldiruvchilarga bevosita qo‘shish taqiqlanadi.
Material qadoqlanishi:
BETON STRONG 1 200 kg konteynerlarda yetkazib beriladi.
Materialni saqlash:
Saqlash muddati taxminan 12 oy, +5°С dan +30°С gacha bo‘lgan haroratda saqlanganda.